LessonLabUstozona

LessonLab · Ustozona

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-sentabr

LessonLab va Ustozona — bitta jamoaning ikki brendi. Platformadan (@UstozonaBot, lessonlab.uz, Ustozona-Games, skanerlar va mini-ilova) foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz. Ular sodda tilda yozilgan. Ustozona saytining (ustozona.uz) oʻz shartlari bor — ustozona.uz/terms.

1. Xizmatlar tarkibi

  • LessonLab boti (Telegram) — AI test generatori, sinf va oʻquvchilar boshqaruvi, lugʻatlar, AI yordamchi, darsdan oldin eslatmalar;
  • Ustozona-Games (lessonlab.uz/edugames, ustozona.uz ichida ham) — taʼlimiy oʻyinlar: testdan oʻyin, jonli oʻyin, poyga, olimpiada;
  • Tezkor baholash — OMR varaq va QR-kartochkalar orqali skanerlash;
  • Ustozlar bazasi — ustozlar ixtiyoriy ulashgan test va materiallar kutubxonasi;
  • Ustozona (ustozona.uz) — elektron jurnal, davomat va dars rejalashtirish; uning funksiyalariga Ustozona’ning oʻz shartlari qoʻllanadi.

2. Hisob va kirish

  • Platformaga Telegram hisobi orqali kirasiz — parol yoʻq;
  • Ustoz vositalaridan (sinf bilan oʻyin, shaxsiy testlar, natijalar) botda ustoz rejimi tanlangan hisoblar foydalanadi; oʻquvchilar jonli oʻyinga PIN bilan hisobsiz qoʻshiladi;
  • Hisobingizni boshqalarga bermang — hisob xavfsizligi uchun oʻzingiz javobgarsiz.

3. Ustozona bilan bogʻlangan hisob

  • Ustozona akkauntini Telegram bilan bogʻlash ixtiyoriy. Bogʻlanganda Ustozona’dagi «Oʻyinlar» boʻlimi sizni platformaga avtomatik kiritadi;
  • Bogʻlash botda tasdiq bilan bajariladi va istalgan vaqtda Ustozona sozlamalarida uziladi. Uzish har ikki xizmatdagi maʼlumotni oʻchirmaydi;
  • Qanday maʼlumot almashinishi — Maxfiylik siyosati, 5-boʻlim.

4. eMaktab fayllari va oʻquvchilar

  • Jadval yoki ish reja faylini yuklash orqali siz undagi maʼlumotdan oʻz ishingizda foydalanish huquqingiz borligini tasdiqlaysiz;
  • Oʻquvchilar haqidagi maʼlumotni kiritish va undan foydalanishga ruxsat masalasi oʻqituvchi va maktab zimmasida;
  • Tizim fayldan faqat darslar jadvalini oʻqiydi — batafsil Maxfiylik siyosatida.

5. AI generatsiyasi

Platforma Google Gemini va Groq (Llama) AI modellaridan foydalanadi:

  • AI yaratgan kontent (test, dars rejasi, material) har doim ham 100% aniq boʻlmasligi mumkin — darsda qoʻllashdan oldin oʻqituvchi tekshirib chiqishi shart;
  • AI — yordamchi vosita; yakuniy pedagogik qaror doim oʻqituvchiniki;
  • AI’ga yuborilgan kontekst provayderlarning oʻz siyosatlari asosida qayta ishlanadi.

6. Ustozlar umumiy bazasi

  • Bazaga ulashish ixtiyoriy; ulashilgan material barcha ustozlarga nomi va muallif ismi bilan koʻrinadi;
  • Ulashish orqali siz boshqa oʻqituvchilarga materialdan taʼlim maqsadida foydalanish va moslashtirish huquqini berasiz;
  • Mualliflik huquqi himoyalangan yoki shaxsiy maʼlumotli kontentni ulashish taqiqlanadi;
  • Qoidabuzar yoki sifatsiz materiallar ogohlantirishsiz olib tashlanishi mumkin.

7. Taqiqlangan harakatlar

  • Platformaga texnik hujum, spam yoki sunʼiy yuklama berish;
  • Boshqa foydalanuvchilarning maʼlumotiga ruxsatsiz kirishga urinish;
  • AI’ni qonunga yoki axloqqa zid kontent yaratishga undash;
  • Mualliflik huquqi himoyalangan kontentni ruxsatsiz tarqatish;
  • Platforma xizmatlarini ruxsatsiz qayta sotish.

8. Pulli va bepul xizmatlar

  • Asosiy funksiyalar bepul;
  • Kelajakda kengaytirilgan imkoniyatlar uchun pulli obuna joriy etilishi mumkin — bu oldindan, aniq eʼlon qilinadi. Sizni ogohlantirmasdan pulli rejaga oʻtkazmaymiz;
  • Toʻlovlar (joriy etilsa) faqat rasmiy toʻlov tizimlari orqali; karta maʼlumotlari bizda saqlanmaydi.

9. Masʼuliyat chegarasi

Platforma «boricha» (as is) taqdim etiladi. Quyidagilar uchun javobgarlik olinmaydi:

  • AI kontentidagi xato va noaniqliklar (tekshirish — oʻqituvchi zimmasida);
  • vaqtinchalik texnik toʻxtalishlar va profilaktika ishlari;
  • uchinchi tomon xizmatlari (Telegram, AI provayderlar, eMaktab) bilan bogʻliq uzilishlar;
  • platformani notoʻgʻri ishlatish oqibatlari.

10. Mualliflik huquqi

LessonLab va Ustozona nomlari, logolari, dizayni va dasturiy taʼminoti loyiha mualliflariga tegishli. Siz yaratgan kontent (testlar, rejalar, materiallar, taqdimotlar) — sizning mulkingiz; umumiy bazaga ulashganlaringizga 6-boʻlim qoidalari qoʻllanadi.

11. Hisobni toʻxtatish

Shartlar buzilganda, spam yoki hujum, qonunga zid harakat aniqlanganda hisob cheklanishi yoki oʻchirilishi mumkin. Hisobingizni oʻzingiz oʻchirishni @LessonLab_supportbot orqali soʻrashingiz mumkin.

12. Oʻzgarishlar

Shartlar oʻzgarishi mumkin; muhim oʻzgarishlar bot orqali eʼlon qilinadi. Sahifa tepasidagi sana joriy tahrirni koʻrsatadi.

13. Aloqa